30 apr 15:39
Yangiliklar

Sardor Xudoyberdiev 32 yoshda bo'lishiga qaramasdan, asosiy maqsadi UFC'ga o'tish ekanini aytdi
U saytimiz muxbiri Sarvinoz Raxmonqulova bilan suhbatda yoshi 32 da bo'lishiga qaramasdan, UFC'ga o'tish uchun kech emasligini aytib o'tdi.
"Maqsadim oliy. Men mehnat qilaman, og'ir mehnat qilaman. UFC'ga ham chiqamiz. Eng muhimi xohish. Mening istagim yoshlarnikidan kuchliroq, to'g'risi. Men o'zim shunga ishonyapman. Quvvatim, motivaciyam etadi Xudo xohlasa. Hozirdan his qilyapman UFC'da jang qila olishimni. O'zimning divizionimdagi yigitlar bilan solishtirib ko'rsam, ular ham deyarli shu 30 yoshdan keyin borib qo'shilishyapti. Yoshlar yo'q. UFC'da jang qilamiz Xudo xohlasa. Har tomonlama kuchimiz etadi. Eng muhimi mehnat", deydi Xudoyberdiev.
To'liq suhbatni tomosha qilishni maslahat beramiz:
Fikrlar