So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

29 dek 11:46
Yangiliklar

Boks/MMA

Sarhisob: 2025 yilgi UFC statistikasi va rekordlari

2025 yilda UFC beshta qitaning 12 mamlakatida (SHimoliy Amerika, Evropa, Janubiy Amerika, Osiyo va Avstraliyada) jami 42 ta turnir o'tkazdi.

Ushbu turnirlar doirasida jami 520 ta jang bo'lib o'tdi va ularning umumiy davomiyligi 93 soatu 43 daqiqa 36 soniyani tashkil etdi.

Yilning eng uzoq davom etgan tadbiri (va tarixdagi eng uzoq 12 ta jangdan iborat turnir) Bokudagi UFC Fight Night shousi bo'lib, unda janglarning sof vaqti 2 soatu 53 daqiqa 52 soniyani tashkil etdi.

Eng qisqa muddat Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC on ESPN 68 (Gamrot - Klayn oqshomi) turniri bo'lib, barcha janglar 1 soatu 36 daqiqa 45 soniya sof vaqt davom etgan.

UFC 322 (Della Maddalena - Maxachev oqshomi) turniri tomoshabinlar tashrifi va chiptalar tushumi bo'yicha yil rekordini o'rnatdi: 20 664 tomoshabin va 13 million 624 ming 189 dollar.

Eng ko'p nokaut (9) UFC Fight Night 258 (Imavov - Borralo oqshomi) musobaqasida qayd etildi. Bu nafaqat 2025 yildagi, balki zamonaviy UFC tarixidagi rekorddir.

UFC Fight Night 263 (Garsiya - Onama oqshomi) turnirida eng ko'p g'alaba (6) qayd etildi.

Eng ko'p jang Bokudagi UFC turnirida hakamlar qaroriga qadar etib borgan (10 ta jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlangan).

UFC Fight Night 254 (Vettori - Dolidze 2 oqshomi) turnirida ayollar o'rtasidagi janglarda birinchi raundda ketma-ket ikki g'alaba qayd etildi. SHuningdek, ushbu turnirda 2010 yildan beri birinchi marta kimura usulidagi ikki g'alaba qayd etildi.

UFC 319 (Dyu Plessi - CHimaev oqshomi) turnirida UFC tarixida ilk bor aylanib urilgan tirsak zarbalari bilan ikkita nokaut qayd etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing