12 noy 17:28
Yangiliklar
"Satellit" xalqaro turnirida Alimov chempionlikni qo'lga kiritdi
Musobaqada O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Indoneziya, shuningdek, Xalqaro qilichbozlik federaciyasi bayrog'i ostidagi sportchilar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishdi. Turnir ishtirokchilari soni jami 34 nafarni tashkil etdi.
Murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko'ra, o'zbekistonlik sportchilar Fayzullo Alimov va Roman Aleksandrovlar finalgacha etib borishdi. Hal qiluvchi jangda Fayzullo Alimov 15:7 hisobida g'alaba qozondi va turnir g'olibiga aylandi. Roman Aleksandrov esa kumush medal bilan kifoyalandi. Bronza medaliga esa boshqa bir yurtdoshimiz Nodirbek Mo'minov hamda Indoneziyadan tashrif buyurgan qilichboz Anggi Villiansyaxlar ega chiqishdi.
Eslatib o'tamiz, 17-18 noyabr kunlari Toshkent shahri qilichbozlik bo'yicha yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi. SHu kunlari poytaxtimizda qizlar o'rtasida sablya yo'nalishi bo'yicha jahon kubogi bellashuvlari tashkil qilinadi.
Fikrlar