16 mar 17:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares 3 marotaba dopingga test topshirdi, uchchalasida ham “toza” chiqdi
Professional boksning o'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Saul “Kanelo” Alvares o'z xohishiga ko'ra 3 marotaba doping-test nazoratidan o'tdi.
Tahlillar bokschining qon tarkibida taqiqlangan modda yo'qligini ko'rsatdi. Bir muddat avval meksikalik bokschining qon tarkibidan taqiqlangan klenbuterol moddasi borligi aniqlangan edi. Alvares 2, 5 va9 mart kunlari bir emas, uch marotaba dopingga test topshirgan.
Meksikalik bokschining vakillari Saulning dopingdan holi ekanligi va jangga tayyorligini malum qilishdi. To'rtta yo'nalishda jahon chempioni bo'lib turgan qozog'istonlik Gennadiy Golovkin 5 may kuni revansh jangida Alvaresga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar