28 mar 15:38
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/36022_220.jpg)
Saul Alvares 6 oyga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
Professional boksning o'rta vazn toifasida 3ta yo'nalish chempioni Gennadiy Golovkin hamda davogar Saul Alvares o'rtasidagi 5 may kuniga belgilangan jang o'tkazilmasligi mumkin.
ESPN telekanali eksperti, AQSHdagi eng mashhur boks sharhlovchisi Den Rafael bergan malumotga ko'ra “Kanelo” Alvares va Golovkin o'rtasidagi revansh jangi 17 avgustdan oldingi muddatda o'tkazilmaydi.
“SHuni ishonch bilan ayta olamanki, ushbu jang 5 may kuni o'tkazilmaydi. Boks olamida katta nufuzga ega bo'lgan insonlar bilan suhbat mazmuniga tayangan holda bu malumotni ikkilanishsiz aytyapman.
Alvaresni doping qabul qilgani uchun 6 oyga chetlatishlari kutilyapti. Kanelo 17 va 20 fevral kunlari doping-tekshiruvdan o'tgan. Jazo ham aynan o'sha sanadan kuchga kiradi. SHunda bu jang kamida 17 avgust kuni o'tkazilishi mumkin”, - dedi Rafael.
Havola :
Fikrlar