15 okt 13:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares Deontey Uaylderning mag'lubiyatiga nima sabab bo'lganini aytdi
Cuper o'rta vazn toifasida WBA, WBC va WBO kamarlari egasi Saul Alvares, og'ir vaznd WBC chempioni Tayson Fyuri haqida fikr bildirdi.
"Juda zo'r jang bo'ldi. Menimcha, Uaylder oyoq bilan ko'proq harakat qilishi va boshini ko'proq harakatda ushlashi kerak edi.
Uaylder bosh harakatlari bilan zarbalarga chap berishni bilmas ekan. Bu narsa sizga katta muammolarni tug'diradi. Aynan shu uchun ham Fyuri Uaylder ustidan g'alaba qozondi. Tayson Fyuri - buyuk jangchi", -deydi Saul Alvares.
Eslatib o'tamiz, Tayson Fyuri Deontey Uaylderni 11 raundda nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar