30 mar 15:31
Yangiliklar

Saul Alvares Devid Benavidesni keskin tanqid qildi
WBC, WBA va WBO yo'nalishlarida super o'rta vazn chempioni Saul “Kanelo” Alvares, WBC'ning vaqtinchalik chempioni David Benavidesni keskin tanqid qildi.
"Benavidesning gapirishidan – go'yo u o'zini Supermen hisoblaydi. U nafaqat menga, balki boshqalarga nisbatan ham hurmatsizlik qiladi. U hech narsaga erishmagan, hatto to'liq chempion ham emas, u mening vazn toifamda ham emas.
Men faoliyatimning ushbu bosqichida istaganimni qilishim mumkin. Hech kim mening faoliyatim va nomimdan biror narsani olib qo'ya olmaydi. Men barcha elit bokschilarga qarshi jang qilganman. Menda zo'r rezyume bor", - dedi Alvares.
Havola :
Manba : fighthype.com
Fikrlar