04 may 14:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares faoliyatidagi 63-g'alabani qo'lga kiritdi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Turnirning asosiy jangida WBC, WBA va WBO kamarlari sohibi Saul "Kanelo" Alvares IBF chempioni kubalik Uilyam Skallga qarshi ringga chiqdi.
Jangda Alvares hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi va faoliyatidagi 63-yutug'ini qayd etdi. SHu bilan birga, uning hisobida ikki mag'lubiyat va ikki durang ham bor.
Hozirgi vaqtda Kaneloga 34 yosh. U navbatdagi jangini 12 sentyabr kuni Terens Kroufordga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar