01 mar 15:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares Golovkin va Kovalyovga qarshi ringga chiqishga tayyor!
O'rta vazn toifasida WBC va WBA yo'nalishi chempioni Saul "Kanelo" Alvares rejalari bilan o'rtoqlashdi.
IBF chempioni Denni Jeykobsga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangiga tayyorgarlik ko'rayotgan meksikalik bokschi Gennadiy Golovkin bilan uchinchi jangga tayyor ekanligini aytdi.
"Uchinchi jangning o'tkazilishidan xursand bo'lamiz. Men faoliyatimning ilk bosqichidayoq muxlislarga yoqadigan janglarda ishtirok etish bosh maqsadim ekanligini aytganman. Hozir ham o'sha poziciyadaman.
SHuningdek, yarim og'ir vazn toifasiga ko'tarilib, rossiyalik Sergey Kovalyov bilan ham jang o'tkazishga tayyorman. Endi hamma gap raqiblarning o'zida qoldi", - dedi Alvares.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar