04 iyu 17:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares mutloq jahon chempionligi uchun jang qiladi
O'rta vazn toifasida WBC, WBA Super va IBF chempionlik kamarlari sohibi Saul Alvares 14 sentyabr kuni shu vaznda WBO chempioni Demetrius Andradega qarshi jang qilishi mumkin.
"Men u bilan ("Golden Boy" prezidenti Erik Gomes) bilan gaplashdim. Gomes mendan Andrade 14 sentyabrda bo'ladigan jangga qadar tayyor bo'ladimi, deb so'radi. Mutloq jahon chempionligi jangidan kim ham voz kechadi. Agar ular bilan kelisha olsak, bu jang bo'ladi", - dedi Xirn.
Malumot uchun, agar Saul "Kanelo" Alvares - Demetrius Andrade jangi tashkil qilinsa, ushbu jang o'rta vazn toifasida mutloq jahon chempionligi maqomida bo'ladi.
Havola :
Fikrlar