23 sen 12:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares: Plant 6 noyabrda aytgan gaplariga javob beradi
Xabaringiz bor, 6 noyabrga belgilangan Saul-Kaleb jangi oldidan uchrashuv vaqtida bokschilar janjallashib ketishdi.
Supero'rta vazn toifasida WBA, WBC va WBO yo'nalishlari chempioni Saul Alvares (56-1-2, 38 KO) IBF chempionlik kamari sohibi Kaleb Plant (21-0, 12 KO) bilan bo'lib o'tadigan jang haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«U o'z aytgan gaplari uchun 6 noyabrda javob beradi. Ko'ryapsizmi, kimdir menga bunday bemanilik bilan murojaat qila boshlasa, ular bilishadi... Agar siz meni g'azablantirsangiz nima bo'lishini juda yaxshi bilasiz, chunki men uchun bu qo'shimcha rag'bat kabidir.
Endi u shaxsiy yoqtirmaganlarim qatoriga qo'shildi. SHuning uchun men Billi Jo Sonders bilan bo'lgani kabi dushmanlik kayfiyatida jangga kiraman», - dedi Kanelo.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar
UZBEKCHA SPORT PROGNOZLARI kanaliga obuna boʻling bu yerda ishonchli sport prognozlari berib boraman
UZBEKCHA SPORT PROGNOZLARI kanaliga obuna boʻling bu yerda ishonchli sport prognozlari berib boraman