04 may 13:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvares - Uilyam Skall jangida umumiy hisobda 111 ta aniq zarba yo'llandi
Saudiya Arabistonida katta boks oqshomi bo'lib o'tdi.
Ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, meksikalik Saul Alvares hamda ushbu vazndagi sobiq jahon chempioni kubalik Uilyam Skall o'rtasida bo'lib o'tgan jangda, Compubox statistikasiga ko'ra, 12 raund davomida birgalikda jami 111 aniq zarba amalga oshirishdi.
Alvares Skallga nisbatan bitta ko'proq zarba bergan: hisob Kanelo foydasiga 56:55. Jangda jami 35 aniq jeb qayd etilgan bo'lib, ularning 27 tasini Skall yo'llagan. Alvares esa atigi 8 jeb bilan javob qaytargan. Qolgan 76 kuchli zarbaning 48 tasi meksikalikka tegishli bo'lgan (48:28).
Eslatib o'tamiz, ushbu jangda Alvares hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, yana mutlaq jahon chempioni unvoniga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : Compubox
Fikrlar