11 iyu 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Saul Alvaresning akasi chempionlik jangida ringga chiqadi
O'rta vazn toifasida uchta yo'nalish chempioni Saul Alvaresning akasi Ramon chempionlik jangida qatnanish huquqini qo'lga kiritdi.
Ramon birinchi o'rta vaznda sobiq jahon chempioni Erislandi Laraga qarshi ringga ko'tariladi. Jang vaqtinchalik WBA chempionlik kamari uchun kechadi. Ushbu jang g'olibi Magomed Kurbanov va Mishel Soro jangi g'olibi bilan to'qnash keladi.
20 iyul kuniga belgilangan mazkur jang g'olibi WBA Regular chempioniga aylanadi. Lara va Ramon Alvares o'rtasidagi jang esa 31 avgust kuni bo'lib o'tadi. Erislandi so'nggi jangini 2019 yilning mart oyida Brayan Kastanoga qarshi o'tkazib, durangga erishgandi. Ramon Alvares esa shu yilning aprelida Xose Karlos Pasni mag'lub etgan edi.
Etiborga molik jihati shundaki, Saul Alvares o'tgan yili aynan Erislandi Larani mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : Boxing 247
Fikrlar