18 iyu 17:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvaresning bo'lajak raqibi ham chempion bo'ladi
Professional boksning o'rta vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni meksikalik 25 yoshli Saul “Kanelo” Alvaresning taxminiy raqiblari malum bo'ldi.
Bokschi o'zining navbatdagi himoya jangini 17 sentyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o'tkazadi. Kelasi haftada Saul Golden Boy promouterlik kompaniyasi rasmiylari bilan uchrashadi va raqib masalasida kelishib oladi.
Malumotda aytilishicha, hozirning o'zida ikki nomzodning nomi malum. Ulardan biri o'rta vazn toifasida sobiq IBF yo'nalishi chempioni kanadalik David Leme, ikkinchisi birinchi o'rta vaznda WBO chempioni britaniyalik Liam Smitdir.
Havola :
Fikrlar