21 iyu 08:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Saul Alvaresning dekabrdagi taxminiy raqibi malum
Meksikalik 26 yoshli bokschi Saul “Kanelo” Alvares o'zining navbatdagi jangini 17 sentyabr kuni birinchi o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni britaniyalik Liam Smitga qarshi o'tkazadi.
Ayni paytda Alvaresning jamoasi dekabr oyida o'tkaziladigan navbatdagi jang uchun raqib izlamoqda. Kaneloning so'zlariga qaraganda, bu raqib katta ehtimol bilan o'rta vaznda WBO chempioni britaniyalik Billi Jo Sonders bo'ladi.
“Ha, biz Sonders bilan jang tashkil qilish haqida bosh qotiryapmiz. Lekin birinchi galda Smit bilan orani ochiq qilib olishim kerak. Keyin bor etiborni Billi Joga qaratamiz”, - dedi Kanelo.
Havola :
Fikrlar