23 jan 15:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Saul Alvaresning navbatdagi raqibi elon qilindi
O'rta vazn toifasida WBC Franchise va WBA Super yo'nalishlari chempioni Saul Alvares navbatdagi jangini 2 may kuni o'tkazadi.
Meksikalik jahon chempionining menejerlari bo'lajak jangda Kaneloga qarshi ringga chiqadigan asosiy nomzod ism-sharifini oshkor qilishdi. Alvares yaponiyalik Olimpiada chempioni, ayni paytda WBA Regular chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan Ryota Murataga qarshi ringga ko'tariladi.
SHu tariqa, Saul Alvares 2 may kungi jangini o'rta vaznda o'tkazadi. Meksikalikning so'nggi jangi yarim og'ir vazn toifasida rossiyalik Sergey Kovalyovga qarshi kechgan edi. O'sha jangda Saul raqibini nokautga uchratgandi.
Havola :
Fikrlar