19 avg 07:34
Yangiliklar

Saul Alvaresning raqibi malum, jang vakant qolgan kamar uchun kechadi
O'rta, birinchi o'rta, ikkinchi o'rta hamda yarim og'ir vazn toifalarida chempionlik kamarlari sohibi bo'lgan meksikalik bokschi turkiyalik Avni Yildirimga qarshi ringga ko'tariladi. Bokschilar ikkinchi o'rta vaznda vakant, yani egasiz qolgan WBC chempionlik kamari uchun ringga chiqishadi.
Hozircha jang sanasi va manzili malum emas. Lekin WBC tashkiloti bu jangni ro'yxatdan o'tkazib ulgurdi. Avvalroq Alvaresning Billi Jo Sonders, Kallum Smit yoki Azizbek Abdug'ofurovga qarshi jang o'tkazishi haqida xabarlar berilgandi. Ammo, tomonlar jang shartlari yuzasidan kelisha olishmadi.
Malumot uchun, Saul Alvares o'zining so'nggi jangini o'tgan yilning noyabr oyida rossiyalik Sergey Kovalyovga qarshi o'tkazib, raqibini nokautga uchratgan edi. Yildirim esa Entoni Dirrellga imkoniyatni boy bergandi. Ikkinchi o'rta vazndagi WBC kamarining endilikda sobiq sohibi Devid Benavides yakshanba kuni o'tkazilgan jangda vazn meyorini bajara olmagani uchun chempionlik kamari vakant deya elon qilingandi.
Fikrlar