08 apr 14:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Saulning murabbiyi Beterbiev bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi
Murabbiy Eddi Reynoso shogirdi, supero'rta vazn toifasidagi mutlaq jahon chempioni Saul Alvaresning Artur Beterbiev bilan jang qanday holatda bo'lishi mumkinligini aytdi.
"Vazn toifasini oshirish har doim xavfli bo'lgan. Yuqori divizionga ko'nikish uning uchun oson bo'lmaydi. Tabiiyki, bu Saul uchun katta sinov.
Gennadiy Golovkin va Riota Murata o'rtasidagi to'qnashuvga kelsak, Gennadiy jangda nimani ko'rsatishini ko'raylik. SHundagina u Alvares bilan qanday jang qilishini taxmin qilamiz.
Saul Golovkin bilan jang qila olmaydi degan fikrlar mavjud. Bunga asosiy sabablar - jarohat va baxtsiz hodisalar bo'lishi mumkin.
Hullas, may oyida g'alaba qozonsak Beterbiev yoki Jo Smit bilan jang qilishimiz uchun eshiklar ochiladi", - dedi Reynoso BoxingScene nashriga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar