27 may 08:47
Yangiliklar
Futbol

Segundadan La Ligaga yo'l olgan ilk jamoa malum
Segundadan La Ligaga chiqqan ilk jamoaning nomi malum bo'ldi.
Segundaning 41-turida “Levante“ “Burgos“ni mag'lub etdi va birinchi bo'lib La Liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Valensiyaliklar 41 ta bahsdan so'ng 76 ochko to'plagan holda turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Musobaqa yakuniga bir tur qolganida jamoa ikkinchi o'rindan pastga tushib ketmasligi aniq bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, ikkinchi liganing kuchli ikki jamoasi mavsum yakunida to'g'ridan-to'g'ri La Liga yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Ayni vaqtda “Elche” 74 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Oxirgi yo'llanma uchun uchinchi o'rindan oltinchi o'ringacha bo'lgan jamoalar o'rtasidagi mini-turnir tashkil etiladi.
Havola :
Fikrlar