27 avg 08:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Sen-Per: UFC hali menga Xabib bilan jang taklifini bermagan
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sen-Per hali tashkilotdan promoushen chempioni Xabib Nurmagomedov bilan jang o'tkazish borasida hech qanday rasmiy taklif olmaganini malum qildi.
"UFC hozircha menga taklif bilan chiqmadi. Lekin aminmanki, bu taklif albatta bo'ladi", — dedi Jorj Sen-Per.
Avvalroq, UFC prezidenti Dena Uayt Xabib - Sen-Per jangini tashkil etish o'zi uchun katta sharaf ekanligini aytgandi. Xabibning faoliyatidagi so'nggi jang aynan Jorjga qarshi kechishini malum qilgan edi. Uayt Xabib Nurmagomedov - Jastin Getji jangidan so'ng ushbu to'qnashuvni tashkil etish ishlarini boshlaydi.
Taqqoslash uchun, 31 yoshli Nurmagomedov 28 ta jangining barchasida g'alaba qozongan. 39 yoshli Sen-Per hisobida 28 ta jangdan 26 g'alaba bor. Ikki jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan.
Havola :
Fikrlar