25 iyu 14:18
Yangiliklar
Tokio-2020
“Sening xotirang doimo biz bilan”. Rashitov yarim finaldagi g'alabasini yaqinda vafot etgan murabbiyiga bag'ishladi + FOTO
Biroz avval Tokio Olimpiadasida sport olamini kutilmagan natijasi bilan hayron qoldirayotgan yosh taekvandochimiz Ulug'bek Rashitov final yo'llanmasini qo'lga kiritdi va O'zbekiston uchun ilk medalni naqd qildi.
Yarim finalda Ulug'bek Rashitov Bosniya va Gercogoviniya vakili Nejat Xujichni katta ustunlik bilan mag'lub etdi. Rashitov va terma jamoamiz murabbiylari ushbu g'alabani O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi, yaqindagina Toshkentda vafot etgan Kim Jing Yungni xotirasiga bag'ishladi. Bosh murabbiyning qo'lidagi telefonda “Sening xotirang doimo biz bilan” deb yozilgan yozuvni ko'rish mumkin edi. Albatta, Rashitovning bugungi natijasida nafaqat O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi, balki ushbu murabbiyning xizmati ham katta.
Ulug'bek Rashitovga final bahsida omad tilaymiz va undan faqat va faqat Olimpiya o'yinlarining oltin medalini kutib qolamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar