18 mar 09:47
Yangiliklar

Sent-Per Konor Makgregorga tekin maslahat berdi
Kanadalik tajribali jangchi irlandiyalikning so'nggi mag'lubiyatlaridagi xatolarini aniq biladi.
"Agar Konor vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirish istagida bo'lsa, u albatta qulaylik zonasidan chiqib ketishi kerak. U hech qachon o'quv-mashg'ulot yig'inida, yani mashg'ulot zalida xo'jayin bo'lmasligi lozim. U so'zsiz murabbiylarning aytganiga quloq solishi shart. Garchi, murabbiylarning ko'rsatmalari unga yoqmasa ham, bunga rioya qilishi kerak. Aks holda natijalari salbiy ko'rinishda bo'laveradi", - dedi kanadalik afsona.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor shu yilning yanvar oyida bir yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytgan va ikkinchi raundda Dastin Porega texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgan edi.
Fikrlar