08 may 12:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Serbiya Tashqi ishlar vaziri "Olimpiya shaharchasi"da boks bo'yicha Osiyo chempionatini tomosha qildi (FOTO)
Serbiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Marko Jurich Sport vaziri Adham Ikramov hamrohligida "Olimpiya shaharchasi" zamonaviy sport inshootlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mehmonlar sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar, "Olimpiya shaharchasi"da o'tkazilayotgan musobaqalar, mashg'ulot va tiklanish jarayonlarini kuzatdi. SHuningdek, mehmonlarga shaharchada xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish imkoniyatlari haqida malumot berildi.
SHuningdek, sport sohasidagi hamkorlik istiqbollari, sportchilar va mutaxassislar o'rtasida tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Martabali mehmon O'zbekiston Prezidenti tashabbusi asosida bunyod etilgan ushbu noyob "Olimpiya shaharchasi" kelgusida mamlakat sportchilarining yuqori natijalarni qo'lga kiritishida muhim ahamiyat kasb etishini takidlab o'tdi.













Havola :
Manba : Minsport.uz
Fikrlar