So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

14 mar 18:37
Yangiliklar

Kurash

Sergelida yosh polvonlar bellashdi

Teglar :  Kurash
Toshkent shahri, Sergeli tumanidagi Bolalar-o'smirlar sport maktabi sport majmuasida kurash bo'yicha 2006-2007 yilda to'g'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida Prokuror sovrini uchun musobaqa o'tkazildi.

Musobaqada o'g'il bolalar 46, 55, 60 kg vaznda, kizlar esa 48, 57 kg vazda bellashishdi.

Murosasiz bahslarda 70 nafarga yaqin yoshlar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. 

Qizg'in bellashuvlar yakuniga ko'ra, Jahongir Ro'ziqulov, Xushnud Boboqulov, Abdulaziz Azamov, Diyora Mirzaeva va Zarina Xolmirzaevalar o'z vaznlarida g'oliblikka erishgan bo'lsa,   Muhammad Hakimaliev, Xumoyun Norqo'ziev, Akbar Zoirov, Islom Xamroev, SHoxrux Olimov, Fotima Umrzoqova va Sevinch Ibragimova kabi yoshlar sovrinli o'rinlardan joy egallashdi.

Musobaqaning g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosmida O'zbekiston kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Komil Yusupov, Toshkent shahar prokurori, poytaxt kurash federaciyasi rahbari Ulug'bek Qosimov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining axborot masalalari bo'yicha maslahatchisi Otabek Eshmamatov va boshqa masullar ishtirok etishdi.

Musobaqa juda qiziqarli o'tdi. Muhimi, bir qator iqtidorli yoshlar saralab olindi. Kelgusida Toshkent shahar kurash federaciyasi rejasiga asosan poytaxtimizning boshqa tumanlarida ham ana shunday ommaviy kurash musobaqalarini o'tkazish rejalashtirilgan. Maqsad, kurashimizning ommaviyligini oshirish, iqtidorli yosh kurashchilarni saralash orqali kurash bo'yicha Vatanimiz sharafini xalqaro musobaqalarda munosib himoya etadigan kuchli polvonlarni kamolga etkazish. 

Ushbu musobaqa Sergeli tuman prokuraturasi, Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining poytaxt kurash federaciyasiga ko'rsatgan amaliy yordami natijasida tashkil etildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing