17 noy 13:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Sergey Bogachuk: "Lomachenko boshqa bayroq ostida ringga chiqishi mumkin edi"
Ukrainalik bokschi Sergey Bogachukning so'zlariga ko'ra, agar Vasiliy Lomachenko haqiqatan ham Rossiyani qo'llab-quvvatlaganida, u allaqachon fuqaroligini o'zgartirgan bo'lardi.
"Lomachenko Ukrainada qolmoqda. U shunchaki ketishi mumkin edi. Agar u boshqa mamlakat fuqaroligiga o'tganida, o'sha mamlakat bayrog'i ostida ringga chiqishi mumkin edi. Menimcha, unga bir necha bor fuqaroligini o'zgartirish, boshqa davlat uchun kurash olib borishni taklif qilishgan. Ammo, u Ukrainada qolgan va ikki marotaba Olimpiadada oltin medal olgan. Loma doimiy ravishda Ukraina bayrog'ini ko'tarib, madhiyasini ijro etgan. U Ukraina uchun qilgan ishni hamma ham qila olmaydi.
Endi esa uni tanqid qilish... Birgina gap ayta olaman: "Biz birodarmiz". Urush boshlanganda hamma narsa oydinlashdi. Aka ukaga hujum qilmaydi, uka esa akani o'ldirmaydi”, — dedi Bogachuk o'z intervyusida.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar