20 noy 17:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Sergey Kovalyov: “Mezbon hakamlar Uordga yon bosishdi”
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasining uchta yo'nalishida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov bugungi mag'lubiyatiga izoh berdi.
Malumot uchun, bugun Kovalyov AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida amerikalik Andre Uordga ochkolar (113:114, 113:114, 113:114) hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berish barobarida, chempionlik kamarlaridan ham mahrum bo'lgandi.
“Men mutlaqo hakamlarning qaroriga qarshiman. Natija elon qilinayotgan paytda zaldagi muxlislar ham qaror yuzasidan jiddiy tarzda o'z noroziliklarini bildirishdi. Mahalliy hakamlar amerikalik bokschiga yon bosishdi. Men revansh jangini talab qilaman”, - dedi Kovalyov.
Havola :
Fikrlar