20 noy 10:55
Yangiliklar
Sevara Rahimova Jahon kubogining oltin medali sohibasi + FOTOGALEREYA
Ushbu nufuzli musobaqada Avstraliya, Ruminiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Mo'g'uliston, Gruziya, Ukraina, Qozog'iston, Qirg'iziston kabi davlatlardan 100 nafarga yaqin qilichbozlar g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda.
Kecha shpaga va sablya yo'nalishlari bo'yicha qizlar o'rtasida yakkalik bahslari bo'lib o'tdi. Sablya yo'nalishi bo'yicha ishtirok etgan hamyurtlarimizdan Pliego Fernanda va Samira SHokirova bronza medaliga ega chiqishdi. Kumush va bronza medallar Turkiya hamda ruminiyalik sablyachilarga nasib etdi.
SHpaga yo'nalishi bo'yicha Sevara Rahimova oltin medalga sazovor bo'ldi. SHohsupaning 2-pog'onasiga turkiyalik qilichboz ko'tarildi. Bronza medallari bilan yana bir hamyurtimiz Marvarid Zubaydullaeva hamda yana bir turk sportchisi taqdirlandi.
Bugun jamoaviy bahslar bo'lib o'tmoqda.
Suratlar muallifi - Alimurod Madaminov, o'z muxbirimiz
Fikrlar