11 may 14:52
Yangiliklar
Boks/MMA
Sexudo 3 yillik tanaffusdan so'ng UFC reytingiga qaytdi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudo uch yillik tanaffusdan so'ng yana dunyoning kuchli ligasi reytingida ko'rinish berdi.
SHuncha payt jang o'tkazmaganiga qaramay, u reytingning uchinchi pog'onasiga joylashtirildi. "Uchtalik chempion"ning reytingda keskin ko'tarilishi qolgan jangchilar, xususan rossiyaliklar Petr Yan va Umar Nurmagomedovning egallab turgan o'rniga tasir o'tkazdi. Ular mos ravishda beshinchi va o'n ikkinchi pog'onalarga pastlashdi.
Sexudodan yuqorida amerikalik davogar SHon O'Melli hamda gruziyalik Merab Dvalishvili joy olgan. Genri yakshanba tongida uch yillik tanaffusdan so'ng oktagonga qaytib, chempion Aljameyn Sterlingga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy bergan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar