09 avg 15:04
Yangiliklar
Sport kurashlari, Tokio-2020
Sexudo: "AQSH va Rossiya raqobatidan zo'ri yo'q. Sadullaevni tabriklayman"
UFCning ikki vazndagi sobiq chempioni Genri Sexudo erkin kurashchi Abdulrashid Sadullaevning Olimpiadadagi g'alabasiga o'z munosabatini bildirdi.
Finalda Sadullaev Kayl Snayderni 6:3 hisobida mag'lub etdi va ikki karra Olimpiada chempioniga aylandi.
"AQSH va Rossiya raqobatidan zo'ri yo'q. Ikki jahon chempionligi va Olimpiada chempionligi.
Abdulrashid Sadullaevni ikki karra Olimpiada chempionligi va to'rt karra jahon chempioni bo'lgani bilan tabriklayman", - deb xabar qoldirdi Sexudo Tvitterda.
Havola :
Manba : twitter.com/HenryCejudo
Fikrlar