18 fev 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Sexudo CHimaev haqida: "Faqat u Adesanyani mag'lub etadi"
Eng engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Genri Sexudo asli chechen bo'lgan mashhur shveciyalik Xamzat CHimaev haqida gapirdi.
Uning fikricha, u o'rta vazn toifasida Israel Adesanyadan kamarni tortib olishi mumkin.
"Men qimor o'ynamayman, lekin agar garov o'ynasam, CHimaevga pul tikaman. Faqat u Israel Adesanyani mag'lub etadi.
Agar Adesanya uni mag'lub eta olsa, men indamay, kechirim so'rayman. Ammo bu jang bo'ladigan bo'lsa, men Xamzatni tanlayman”, - deb yozdi Sexudo o'zining Twitter sahifasida.
Eslatib o'tamiz, 12 fevraldan 13 fevralga o'tar kechasi Adesanya avstraliyalik Robert Uittaker bilan jangda chempionlik kamarini himoya qilgandi. Jang besh raund davom etdi, yakunda barcha hakamlar amaldagi chempionning g'alabasini qayd etishdi. Bu uning uchun qatorasiga to'rtinchi muvaffaqiyatli chempionlik himoyasidir.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar