26 fev 16:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Sexudo Xabibni UFC Top-5 ro'yxatiga kiritmadi
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Genri Cexudo o'zi uchun promoushen tarixidagi 5 nafar eng yaxshi jangchi nomini aytdi.
"Birinchi o'rinda, Jon Jons. Keyin esa, Demetrius Jons, Anderson Silva, o'zim va Jorj Sen-Per.
Bu ro'yxatga o'zimni qo'shganimning sababi, so'nggi to'rtta jangimda SHon-sharaf zalining uch nafar azosi — Jonson, Ti Jey Dillashou va Dominik Kruzni engganimdir.
O'ylashimcha, Xabib Nurmagomedov Top-10talikka kiradi. U ham men kabi UFCda 12 ta jang o'tkazgan va agar u ikkinchi chempionlikni ham qo'lga kiritganida, u mag'lubiyatsiz faoliyat uchun mendan o'zib ketgan bo'lar edi.
Lekin, u SHon-sharaf zalining qancha azosini mag'lub etgan?", — dedi Sexudo.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar