16 apr 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA
Sexudo yarimo'rta vazn chempioni bo'lishi mumkin bo'lgan jangchi haqida gapirdi
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Genri Sexudoning fikricha, Kelvin Gastelum agar yarimo'rta vazn toifasiga o'tsa, chempionlikni qo'lga kirita oladi.
"Gastelum allaqachon vazn toifasini o'zgartirishi lozim. Unda mag'lubiyatlar bor, ammo uning kimlarga qarshi jang qilganini ham hisobga olish kerak. So'nggi jangda u Kris Kyortisdan ham yaxshiroq ko'ringandi. Oyoqdagi zarbalar, qo'ldan foydalanish...
Umuman olganda, u ajoyib ishni amalga oshirdi. Agar u yarimo'rta vazn toifasiga o'tsa, chempionga aylanadi. Men bunga ishonaman. Unga vazn tashlash bo'yicha yaxshi dastur bering. Agar Kelvin yarimo'rta vazn toifasiga tushsa, xavfli qurolga aylanadi", - dedi Sexudo.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar