15 apr 12:51
Yangiliklar

Sexudoning murabbiyi: "Triple-C bu yil C4 ga aylanadi. Siz garovga uyingizni qo'yishingiz mumkin"
"MMA tarixidagi eng buyuk sportchi o'z buyukligini ko'rsatish uchun qaytyapti. Genri uchinchi kamarni va Aleks Volkanovski bilan jangni maqsad qilgan.
Aleks nima uchun tarixdagi eng yaxshi jangchi bilan urushishni xohlamayotganini bilmayman, lekin baribir bu jangni o'tkazamiz. Sexudo nimanidir xohlasa, o'shanga erishadi. Triple-C bu yil C4 ga aylanadi. Siz garovga uyingizni tikishingiz mumkin.
Asosiy maqsadimiz: Aleks Volkanovski. Keyin esa vazn tashlab, eng engil vaznda chempionlikni qaytarib olamiz.
Ti Jey Dillashou bu titul uchun jiddiy kurash olib boradimi? Genri uni 32 sekundda nokaut qildi. Bu hali ham Sexudoning kamari, u kamarni rasman yutqazmagan. SHunday qilib, Volkanovski bilan ish bitgandan so'ng, navbat Fankmaster va Dillashouga keladi", - dedi Albarassin.
Fikrlar