04 apr 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahobiddin Zoirov 54,88 kg tosh bosdi, ertaga jang
Xabar berib o'tganimizdek, bokschimiz SHahobiddin Zoirov ertaga Dubay shahrida ringga ko'tariladi.
Rio Olimpiadasi g'olibiga ertangi jangda indoneziyalik Entoni Xolt raqiblik qiladi.
Bugun ushbu jang oldidan vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, Zoirov 121,7 funt (54, 88 kg) tosh bosdi. Raqib esa 119,9 funt (54,38 kg) chiqdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jang ertaga Dubay shahridagi "Emirates Golf Club"da bo'lib o'tadi.
SHahobiddin Zoirov: "Prof ringda o'z so'zimni aytadigan vaqt keldi"
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar