21 sen 22:16
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahobiddin Zoirov finaldagi g'alabasidan so'ng nimalar dedi?
O'zbekiston terma jamoasiga jahon chempionatida dastlabki oltin medalni taqdim etgan SHahobiddin Zoirov finaldan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Men jangdan avval raqiblarimni bundan avvalgi bahslarini tomosha qilishni yoqtirmayman. Meni vazifam ringga tushib, jangga qarab taktika tanlash. Men hech qachon raqiblarimni jang uslubini tomosha qilmayman. Meni qo'llab quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytaman. Ular bor ekan biz bormiz. SHu erda ham SHahobiddin deb qo'llab turishlari, men chet elda emas, balki O'zbekistonda jang qilgandek bo'ldim. Xudo xohlasa kelasi yil olimpiya o'yinlarida vatanimizni bayrog'ini baland ko'tarib, ikki karra olimpiada chempion bo'lishga harakat qilaman”,-dedi SHahobiddin Zoirov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar