24 mar 14:29
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov: "17 aprel kuni jang bo'lishi lozim edi..."
Professional bokschimiz SHahram G'iyosov ayni paytda AQSHda mashg'ulotlar olib bormoqda.
Jahon chempioni okeanortidan muxlislarga murojaat yo'lladi.
"Xabaringiz bor, koronavirus sababli barcha joyda shov-shuv va vahima. Ammo, bu sababli vahimaga tushib qolmasligingizni maslahat beramiz. Bizda ham karantin. Maktab va bog'chalar yopilgan. Ammo shunga qaramay, 4-5 sportchi birga mehnat qilishda davom etyapmiz. CHunki, O'zbekistonda g'alabalar bilan boramiz deb vada berganmiz. Mashg'ulotlarni to'xtatmayapmiz. Jang 17 aprel kuni o'tkazilishi lozim edi, ammo bu bekor qilindi. SHunga qaramay, mashg'ulotlarni davom ettiryapmiz.
Sizlarga ham shuni tavsiya etamiz. Vahimaga tushmanglar. Yaqinlarimiz bilan birgalikda ushbu virusni engamiz", - dedi SHahram G'iyosov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar