08 mar 11:47
Yangiliklar

SHahram G'iyosov Alvares - Bivol oqshomida ringga ko'tarilishi mumkin
Hamyurtimiz katta ehtimol bilan navbatdagi jangini may oyida, yana ham aniqrog'i 7 may kuni Las-Vegas shahrida o'tkazishi mumkin. SHu kuni yarim og'ir vazn toifasida WBA chempioni Dmitriy Bivol hamda supero'rta vaznda mutlaq jahon chempioni Saul Kanelo Alvares o'zaro to'qnash kelishadi.
Ushbu katta boks oqshomi AQSHning Las-Vegas shahridagi «T-Mobile» arenada bo'lib o'tadi. SHahramning menejerlari uning bo'lajak boks oqshomidagi ishtirokini taminlash uchun harakatlarni boshlab yuborishgan. Kuni kecha G'iyosov olamsport.com sayti mehmoni bo'ldi va hamkasbimizning shu mazmundagi savoliga qisqa qilib "Bo'lishi mumkin" deya javob berdi.
Eslatib o'tamiz, SHahram G'iyosov o'tgan yilning 17 dekabr kuni Toshkentda tashkil etilgan katta professional boks oqshomida argentinalik Kristian Koriaga qarshi ringga ko'tarilgandi. O'sha jang to'liq davom etgan va yakunda bokschimiz ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
SHahram G'iyosovning Kanelo - Bivol oqshomida jang o'tkazishi hozircha rasmiy malumot emas. Tez kunda bu haqida batafsilroq xabar beramiz.
Fikrlar