23 jan 08:47
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov AQSHga jo'nab ketdi, u 9 mart kuni ringga chiqadi
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan professional bokschimiz SHahram G'iyosov AQSHga jo'nab ketdi.
Yangi yil bayrami arafasida O'zbekistonga qaytib kelgan hamyurtimiz bir oylik tatilni ona Vatanda o'tkazdi. Tatil bo'lishiga qaramay, Toshkent va Buxoroda mashg'ulotlarini davom ettirdi. Endi SHahram o'zining 9 mart kuniga belgilangan jangiga tayyorgarlikni AQSHda davom ettiradi.
Eslatib o'tamiz, SHahram G'iyosov o'zining hozircha so'nggisi bo'lib turgan jangida meksikalik Migel Zamudioga qarshi ringga ko'tarilgandi. CHarm qo'lqop ustamiz sakkiz raundga mo'ljallangan jangning birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratib, faoliyatidagi oltinchi g'alabasini tantana qilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar