25 noy 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi
SHahram G'iyosov biroz avval prof ringdagi oltinchi jangini yakunladi.
Hamyurtimizga navbatdagi jangda meksikalik Migel Zamudio raqiblik qildi. Bokschimiz sakkiz raundga mo'ljallangan jangning birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va faoliyatidagi oltinchi g'alabasini tantana qildi.
Malumot uchun, SHahram bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda professional boksda 6 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. 5 ta bahsni u muddatidan oldin yakunlay olgan. 27 yoshli Zamudio esa professional boksda 54 marotaba jang qilishga ulgurgan. Janglarning 41 tasida u g'alaba qozongan (25 tasi nokaut evaziga). 12 ta jangda esa mag'lubiyat alamini totib ko'rgan (10 ta nokaut). Yana bitta jangda esa durangga erishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar