11 avg 21:35
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
SHahram G'iyosov ikkinchi jangida ham g'alaba qozondi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilayotgan Yozgi Olimpiya o'yinlarining boks bahslarida terma jamoamiz azolarining g'olibona yurishi davom etadi.
Hozirgina -69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschimiz SHahram G'iyosov o'zining ikkinchi jangida ringga chiqdi. Ilk bosqichda ispaniyalik Sissokoni mag'lubiyatga uchratgan bokschimiz bugun nimchorak finalda litvalik Eymantas Staniosis bilan xisob-kitob qildi.
Eymantas birinchi davrada xitoylik bokschini mag'lub etgandi. Uch raund davom etgan jang yakunida hakamlar hamyurtimizning 3:0 hisobidagi g'alabasini taminlashdi. Endi G'iyosov chorak finalda jiddiy raqib kubalik bokschi bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar