16 may 12:09
Yangiliklar
SHahram G'iyosov Ketterolga qarshi chempionlik jangi oldidan muxlislarga murojaat qildi
Oqshomning asosiy kardida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi SHahram G'iyosov Buyuk Britaniya vakili Jek Ketterollga qarshi WBA Regular chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi.
Hamyurtimiz jang oldidan Turkiyadagi o'quv-mashg'ulotlar yakunlangani, tez orada Misrga yo'l olishini malum qildi.
"Alhamdulillah, tayyorgarligimizning asosiy qismini tugatib oldik. Indinga Misrning Qohira shahriga, o'sha jang bo'ladigan Piramidalar joylashgan manzilga uchib ketamiz. Xudo xohlasa, hamma narsaga tayyormiz. Bir haftadan keyin tarozi va jang. Duo qilib turasizlar, In SHa Alloh, Alloh yuzimizni yorug' qilib, jahon chempionlik kamarini vatanimizga olib kelaylik", deb yozgan G'iyosov Instagram sahifasida.

Fikrlar