So’nggi yangiliklar

10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0

25 fev 16:47
Yangiliklar

Boks/MMA

SHahram G'iyosov navbatdagi g'alabaga qadar Instagrammga kirmoqchi emas

Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi SHahram G'iyosov Qozog'istondagi mag'lubiyatdan so'ng bir qancha savollarga javob qaytardi.


"Olimpiadadan keyin uch oydan ziyod vaqtimizni turli xil tadbirlar uchun sarf qildik va O'zbekistonning barcha viloyatlarini aylanib chiqdik. Deyarli har bir kun qandaydir tadbir yoki kimgadir intervyu berish bilan o'tdi. Natijada shu vaqt davomida mashg'ulot o'tay olmadik.

Faqatgina yangi yildan keyin mashg'ulotlar uchun qo'l bo'shadi. Bor-yo'g'i bir oygina tayyorgarlik esa professional sportchilar uchun kamlik qiladi. Aytishim kerak, biz Qozog'istondagi musobaqaga tayyor emasdik.

SHahzodaning klipida suratga tushishim uchun ikki kungina vaqtim ketdi. SHunga ham syomkaga mashg'ulotlardan keyin bordim.

Mag'lubiyatimdan keyin shu qarorga keldim: sportchi uchun tadbir, to'y-tomosha, klipda suratga tushish, internetda o'tirish yaramas ekan. Endi faqat va faqat mashg'ulotlar bilan band bo'laman. To keyingi g'alabamni qo'lga kiritmagunimcha Instagram’ga ham kirmayman. Meni intervyuga chaqirganlarga ham uzrimni aytaman.

Muxlislar mashg'ulotlardan to'g'ridan-to'g'ri efir qiling, uni ko'rmoqchimiz, nima tanovvul qilayotganingizni bilishni istaymiz deb so'rayvergani uchun ularning iltimosini erda qoldirmasdim. Meni kuzatib boradiganlar bilan muloqatdan qochmasdim.

Engilganimdan keyin esa xuddi o'sha kishilar Instagramga kamroq kirib, ko'proq mashq qilishim kerakligini uqtira boshladi. Tushuna olmay qoldim.

Ko'plab o'zbekistonliklar bokschilarimiz Qozog'istonda nokautga uchrabdi deb o'ylaganini eshitdim. Bu noto'g'ri malumot. Ringda sirpanib ketgan vaqtimdagi surat hech narsa emas, oramizdan hech kimga nisbatan hisob ochilgani yo'q", - deb aytib o'tdi Olimpiada sovrindori daryo.uz saytiga bergan intervyusida.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
25 fev 21:08:14
Muhar
Мана қизуро енгилилаям бораканку
   
25 fev 18:24:21
Ангрен
Шахрам шарманда кималаринда энди. Бор умидимиз силардан. Куплаб спорт турларида оркага кетиб боряпмиз, бокс эса гуруримизга айланган
   
25 fev 16:59:36
aszmuzb
Ха ижтимоий тармоқлар кўпчиликни хаётини анча қисмини эгаллаган..
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing