27 fev 10:08
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/29352_220.jpg)
SHahram G'iyosov professional shartnoma imzoladi. U qachon birinchi jangni o'tkazishi malum bo'ldi
Rio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni SHahram G'iyosov rasman professional bokschiga aylandi.
Hamyurtimiz promouterlik kompaniyalaridan biri bilan shartnoma tuzdi. Bu haqida sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Undan tashqari, SHahram prof ringdagi debyut jangi 10 mart kuni o'tkazilishini ham malum qilgan.
"Yaqin orada raqib kimligi va qolgan malumotlarni elon qilaman", - deb xabar qoldirgan sportchi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar