29 apr 21:52
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosovning raqibi ertaga aniq bo'ladi
-69 kg vaznli bokschimiz SHahram G'iyosov Osiyo chempionatiga ikkinchi bosqichdan boshlab qo'shiladi.
Qurada SHahram G'iyosov Hasanboy Do'smatov va Bektemir Meliqo'ziev singari birinchi raqam ostida saralandi. Rio Olimpiadasi kumush medali sohibining qita chempionatidagi raqibi ertaga Ziyad Eashash (Iordaniya) va Sangay Vandi (Butan) lar o'rtasidagi jangdan so'ng malum bo'ladi.
Aynan ushbu jang g'olibi 2 may kuni chorak finalga chiqish uchun SHahram G'iyosovga qarshi ringga chiqadi.
Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatini Olamsport.com sayti bilan birga kuzatib boring!
Telegram: https://t.me/olamsport
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar