29 noy 10:33
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram MOQ prezidenti bilan uchrashdi va unga qo'lqop sovg'a qildi
Professional bokschimiz SHahram G'iyosovning sport vaziri tomonidan mukofotlangani haqida xabar bergan edik.
CHarm qo'lqop ustamiz O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov qabulida ham bo'ldi. Uchrashuv davomida yoshlarimizni imkon qadar ko'proq sport turlariga jalb etish, bu bilan jamiyatda sog'lom turmush tarzini yanada qaror toptirish kerakligiga etibor qaratildi.
O'z o'rnida Umid Ahmadjonov bokschimizni kuni kecha AQSHda qo'lga kiritilgan navbatdagi yorqin g'alaba bilan ham tabrikladi. SHahram G'iyosov esa MOQ rahbariga o'zining boks qo'lqoplarini sovg'a sifatida topshirdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar