21 noy 08:42
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram, Murodjon va Isroil jang manziliga etib kelishdi FOTO
Avval xabar berganimizdek, 24 noyabr kuni AQSHning Atlantik-Siti shahrida professional boks kechasi o'tkaziladi.
Ushbu boks oqshomining biz uchun ahamiyatli tomoni shundaki, unda uch nafar professional bokschimiz - SHahram G'iyosov, Isroil Madrimov va Murodjon “Kaka” Ahmadaliev ringga ko'tariladi. Bugun bokschilarimiz jang o'tkaziluvchi Atlantik-Siti shahriga etib kelishdi.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli Isroil Madrimov prof ringdagi 10 raunddan iborat debyut jangida meksikalik Vladimir Ernandes (10-2, 6KO), SHahram G'iyosov meksikalik Migel Zamudioga qarshi ringga ko'tariladi. Murodjon Ahmadaliev esa amerikalik Isaak Zaratega qarshi 10 raundlik jangda o'ziga tegishli WBA Inter-Continental chempionlik kamarini himoya qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar