01 may 18:21
Yangiliklar

SHahram WBA reytingida kuchli 15 nafar bokschi orasiga qaytdi, Murodjon va Isroil esa...
Unga ko'ra, 27 aprel kuni amerikalik Emmanuel Teylorni mag'lubiyatga uchratib, WBA Intercontinental kamari sohibiga aylangan SHahram G'iyosov birinchi yarimo'rta vazn toifasi (-63,50) reytingida 14-o'ringa ko'tarilib oldi. Ushbu vazndagi boshqa bir bokschimiz SHohjahon Ergashev esa o'tgan oydagi kabi 4-pog'onada qolgan.
Aprel oyida prof ringda jang o'tkazmagan Isroil Madrimov (birinchi o'rta vazn toifasida, -69 85 kg) bir pog'onaga pastlab, 7-o'rindan joy oldi.
Ikkinchi yarimengil vazn toifasidagi (-55,34) Murodjon Ahmadaliev birinchi o'rindan ikkinchi pog'onaga pastlagan. Uning o'rnini ushbu vazndagi vaqtinchalik chempion Brendan Figueroa (AQSH) egalladi. Tez orada Murodjon Ahmadaliev birdaniga ikkita chempionlik kamari uchun jang qiladi. Bu borada 90 kun ichida aniq malumot bo'lishi kutilmoqda.
Fikrlar