So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

31 may 11:00
Yangiliklar

Og'ir atletika

SHahrillo Mahmudov Xalqaro og'ir atletika federaciyasi Ijroiya Qo'mitasi azoligiga saylandi

Teglar :  Og'ir atletika
Ayni kunlarda Tailand poytaxti Bangkok shahrida Xalqaro og'ir atletika federaciyasining hisobot-saylov Konferenciyasi bo'lib o'tmoqda.


25 may kuni boshlangan mazkur Konferenciyada yangi Olimpiya cikli, yani 2017-2020 yillarga federaciya rahbariyatining yangi tarkibi saylandi. Uning yakunlariga ko'ra O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrillo Maxmudov Xalqaro og'ir atletika federaciyasi Ijroiya Qo'mitasi azoligiga saylandi. SHu paytgacha SHahrillo SHaripovichning Xalqaro federaciyadagi lavozimi Texnik Qo'mita azoligi edi. 

SHuningdek, Xalqaro og'ir atletika federaciyasi Prezidenti etib, 12 yildan buyon shu lavozimda ishlab kelayotgan vengriyalik Tomash Ayan qayta saylandi. Xalqaro og'ir atletika federaciyasi Bosh kotibligi ayni paytga qadar Osiyo og'ir atletika federaciyasi Bosh kotibi lavozimida ishlab kelgan iroqlik Muhammad Hasan Jaludga ishonib topshirildi. Saylov natijalariga ko'ra, Birinchi vice prezident lavozimiga tailandlik Intarat Yodbangtoy nomzodi maqullandi. 

Ovoz berish yo'li bilan ruminiyalik Niku Vlad, perulik Xose Karlos, qozorg'istonlik Janat Tussupbekov va chexiyalik Petr Krol Xalqaro federaciya vice-prezidentligiga saylanishdi. Navbatdagi saylov bu Osiyo og'ir atletika federaciyasi saylovi bo'lib, u joriy yilning 20-30 iyul kunlari Nepalda o'tkaziladigan yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati davomida, mamlakat poytaxti Katmanduda o'tkazilishi rejalashtirilgan.  

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi mamlakatimizda og'ir atletika sport turining rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shib kelayotgan mutaxassis, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, Xalqaro og'ir atletika federaciyasi va O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Ijroiya Qo'mitalarining azosi SHahrillo Mahmudovga kelgusi faoliyatida ham omad va zafarlar tilab qoladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing