01 may 14:52
Yangiliklar

SHahrisabzda ommaviy yugurish musobaqasi o'tkazildi + FOTO
“Eco - Save Aral - 2025", “Talaba-yugur”, “O'quvchi-yugur” hamda "Inson uchun” xayriya va ekologik ommaviy yugurish musobaqalarida 5000 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashib, o'z toifalari bo'yicha belgilangan 3 km masofani bosib o'tishdi.
Kuchli matonat va iroda egalari g'alaba qozongan mazkur musobaqa davomida har bir ishtiroki shaxsni tasdiqlovchi identifikaciya tizimi orqali nazoratga olindi. Yakunda g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.
Qolaversa, musobaqada shijoat va matonati ko'rsatganligi va maxsus belgilangan mezonlar asosida saralangan faol ishtirokchilar ham qimmatbaho sovg'alar, maxsus sertifikatlar bilan ham mukofotlandi.
Fikrlar