So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

13 sen 13:23
Yangiliklar

Og'ir atletika

SHahrullo Mahmudov 50 yoshda!

Bugun o'zbek og'ir atletikasi rivoji, uning g'alabalariga ulka hissa qo'shib kelayotgan tajribali mutaxassis SHahrullo Mahmudov o'zining yarim asrlik to'yini nishonlamoqda.

SHahrullo Mahmudov 1970 yil 13 sentyabr kuni Buxoro viloyatida tug'ilgan. Hayotini og'ir atletika sportiga baxshida qilgan mutaxassis uzoq yillar O'zbekiston og'ir atletika federaciyasida Bosh kotib, 2013 yildan esa federaciya raisining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat olib bormoqda. SHahrullo SHaripovich bir vaqtning o'zida Osiyo og'ir atletika federaciyasining vice-prezidenti hamda Xalqaro og'ir atletika federaciyasining Ijroiya qo'mitasi azosi hisoblanadi.

Takidlash kerakki, SHahrullo Mahmudovning boshqaruvida O'zbekistonda bir qator chempion polvonlar etishib chiqdi. O'zbek og'ir atletikasi dunyoda o'z o'rniga ega bo'ldi. Mamlakatimizdan Olimpiya o'yinlari va jahon chempionlari, Osiyo o'yinlari g'oliblari etishib chiqdi va so'nggi yillarda ushbu sport juda katta o'sishga erishdi. Bularda SHahrullo SHaripovichning xizmatlari ulkan.

O'zbek og'ir atletikasining rivoj topishida ko'rsatayotgan xizmatlari uchun davlatimiz tomonidan 2002 yil “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni, 2016 yil “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Fursatdan foydalanib, SHahrullo Mahmudovni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etib, u kishiga uzoq umr, sihat salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing